Bugun, 12 noyabr kuni keçasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Turkiya yetakçisi mehmon Mirziyoyevga özining “Daha Adil Bir Dünya Mümkün” (“Adolatli dunyo bölişi mumkin”) nomli kitobining özbek tiliga tarjima qilingan variantini sovğa qildi.
Mirziyoyev Erdöğanni Turkiy davlatlar taşkilotining tarixiy sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani va uşbu nufuzli mintaqaviy tuzilmaga raislikni qabul qilib olgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Prezidentlar Özbekiston-Turkiya strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalarini körib çiqdilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi bugungi yuqori surʼatlarni saqlab qoliş, tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, ikki mamlakat yetakçi korxona, kompaniya va banklari kooperatsiyasini kuçaytiriş muhim ekani taʼkidlandi.
Gumanitar aloqalar faollaşgani, Özbekiston va Turkiyada madaniy tadbirlar muntazam ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.









