Prezidentimizning “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni davlat hamda jamiyat hayotining barça jabhasida inson manfaatlari ustuvorligini taʼminlaş işlarini yanada keng qamrov va jadal surʼatda olib borişda dasturilamal bölmoqda. Farmonni ijrosini taʼminlaş borasida işlab çiqilgan rejaga köra, Namangan viloyat sudlari raislari va sudyalari tomonidan navbatdagi sayyor qabul Pop tumanida taşkil etildi.
Namangan viloyat sudi raisi A.Eranov, viloyat maʼmuriy sudi raisi Z.Qurbanova, jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudining sudyasi B.Obidov, Iqtisodiy işlar böyiça Çust tumanlararo sudining raisi A.Şokirov hamda Fuqarolik işlari böyiça Çust tumanlararo sudining sudyasi K.Xomidov tumanida istiqomat qiluvçi fuqarolar va yuridik şaxslarniqabtsl qilişdi. Şikoyat hamda arizalar yozilişiga turtki bergan sabablar tahlil etilib, fuqarolarga huquqiy tuşuntirişlar berildi.
Sayyor qabul davomida hokim qarori yuzasidan, kredit, bola nafaqasini oliş, qarilik nafaqasini oliş, uy-joy, işga joylaştiriş, öğliga berilgan jazo tayinlaş, oilasini tiklaş va nikohni rasmiylaştiriş, aliment undiriş, turmuş örtoği işga tiklaş va boşqa masalalar yuzasidan 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlar tinglanib huquqiy tuşuntiriş berilgan bölsa 4 nafar fuqaroning murojaati örnida hal etildi.
Namangan viloya sudi jamoatçilik
va OAV bilan aloqalar bölimi









