«...Hatto yangi kelin-kuyov ham koronavirusga çalingan» (video)

«...Hatto yangi kelin-kuyov ham koronavirusga çalingan» (video)

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham aholiga murojaat qilib, «Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qança, afsuski, biz bilmaymiz», deya qayd etgan edi.

Hokim öz murojaatida viloyatda koronavirus tarqalişiga qarşi joriy etilgan çeklov çoralariga rioya etilmayotganini tanqid qildi.

«Tarğibot işlariga qaramasdan juda köpçilik bu kasallikning xavfini tuşunib yetmayapti. Viloyatimizda bir bemor 38 kişiga virus yuqtirdi, yana bir holatda virusga çalingan kişi 19 mart kuni ötkazilgan töy marosimiga borib, u yerda 18 kişiga kasallik yuqtirdi. Hatto yangi kelin-kuyov ham virusga çalingani fuqarolarimizning xulosa qilişi uçun yetarli bölmayaptimi?», deydi viloyat hokimi.

Uning alohi qayd etilişiça, oxirgi uç kun içida infektsiya yuqtirgan, manbasi aniq bölmagan oltita holat aniqlangan. Uşbu fuqarolar bu kasallikni qaçon va kimdan yuqtirib olganini bilişmaydi. Ayrim fuqarolar uylarida isitmalab, buni oddiy şamollaş deb öylab, özlarini uy şaroitida davolaşga urinmoqda. Uşbu bemorlarning ikki nafari oğir ahvolda, sunʼiy nafas oldiradigan apparatlarga ulangan.

Viloyatda ilk holat 25 martda aniqlangan bölsa, qisqa muddatda kasallaniş holatlari 65taga yetgan. Bulardan 22 nafari erkaklar, 43tasi ayollar. 11 nafari 18 yoşgaça bölganlar, 7 nafari 60 yoşdan oşganlar. Kasallikka çalinganlar orasida 2 oylik çaqaloq ham bor.

Eslatib ötamiz, 13 aprel soat 06:00 dan boşlab Namangan şahri va Uçqörğon tumani, şu jumladan, Qayqi qişloği hududida qatʼiy çeklovlar joriy qilinişi maʼlum qilindi.

×