Keça, 3 yanvar kuni Namangan viloyati Çortoq tumani “Ayqiron” MFY hududidan oqib ötuvçi katta Namangan kanaliga Nexia 2 rusumli avtomobili tuşib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, haydovçi noqulay ob-havo tufayli boşqaruvni yöqotgan va maşinasi bilan kanalga tuşib ketgan. Avtomobilda haydovçidan taşqari bir nafar yölovçi bölgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq”, deyiladi xabarda.
Xabarda yozilişiça, FVV qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvçi taşkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobilni kanaldan olib çiqqan.









