Toşkentda “jinoyat qidiruv xodimi” uşlandi

Toşkentda “jinoyat qidiruv xodimi” uşlandi

Poytaxt Toşkent şahrining Çilonzor tumanida soxta jinoyat qidiruv xodimi qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 17 iyul kuni Çilonzor tumanida joylaşgan oliy taʼlim muassasalarining birining talabasi hisoblangan 25 yoşli Biloliddin O. 29 yoşli Sardor A.ga özini “jinoyat qidiruv xodimi” deb taniştirgan. Şundan söng, u fuqaroni öğirlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uçun köz yumişini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uçun 100 AQŞ dollarini söragan.

Biloliddin O. Çilonzor tumani Muqimiy köçasida talab qilingan pulni oliş vaqtida qölga olindi.

Uşbu fakt böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy iş qözğatildi.

×