Özga yurtda yana bir qurbon. Özbekistonlik quruvçi 16-qavatdan tuşib ketdi

Özga yurtda yana bir qurbon. Özbekistonlik quruvçi 16-qavatdan tuşib ketdi

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi bergan maʼlumotga köra, 2020 yilning 5 yanvar kuni Sankt-Peterburg şahri Primore tumanida Özbekiston fuqarosi R.X.ning jasadi topilgan. Maʼlum bölişiça, hamyurtimiz qurilayotgan obʼektning 16-qavatidan tuşib ketgan.

Ayni paytda tergov tadbirlari ötkazilmoqda.

Boş konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bölib turibdi hamda vatandoşimizning jasadini vatanga yuborişga oid konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilmoqda.

«Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi va eslatib ötadiki, Rossiyaning Şimoli-ğarbiy federal okrugi hududida joylaşgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-965-029-41-49», deyiladi TIV xabarida.

×