Hokim yordamçilari qança oylik-maoş olişi maʼlum böldi

Hokim yordamçilari qança oylik-maoş olişi maʼlum böldi

Hokim yordamçilari oylik-maoşlari belgilandi. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, xonadonlar soni 500 tagaça bölgan mahallada – 4 mln 932 ming söm;

— xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagaça bölgan mahallada – 5 mln 343 ming söm;

— xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bölgan mahallada – 5 mln 754 ming söm.

Hokim yordamçilariga tölanadigan örtaça oylik iş haqi miqdori nomzodning uşbu lavozimga işga qabul qilingunga qadar avvalgi iş joyi böyiça örtaça oylik iş haqi miqdoridan kam bölgan taqdirda yetişmagan qismi Hokim yordamçilari faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan keçagi videoselektor yiğilişida hokim yordamçilari 1 yanvar kunidan barça mahallalarda faoliyatini boşlaşi, ularga kvartira olişda 50 foizgaça subsidiya ajratilişi va boşqa maʼlumotlar berilgan edi.

×