Hokim yordamçilari qança maoş olişi aniq böldi

Hokim yordamçilarining oylik iş haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravişda hisoblanadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça davlat siyosatining ustuvor yönalişlari töğrisida”gi qarorida belgilandi.

Hokim yordamçilarining maoşi quyidagiça belgilanadi:

•    xonadonlar soni 500 tagaça bölgan mahallada – mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 mln 932 ming söm);

•    xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagaça bölgan mahallada – mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida (5 mln 343 ming söm);

•    xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bölgan mahallada – mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida (5 mln 754 ming söm).

Qarorga köra, hokim yordamçilariga tölanadigan örtaça oylik iş haqi miqdori nomzodning uşbu lavozimga işga qabul qilingunga qadar avvalgi iş joyi böyiça örtaça oylik iş haqi miqdoridan kam bölgan taqdirda yetişmagan qismi Hokim yordamçilari faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

Şuningdek, markazlar xodimlariga tuman (şahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimlari xodimlari uçun belgilangan va Davlat byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan mehnatga haq tölaş şartlari tatbiq etiladi.

×