Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi çegara xizmati xodimlari respublika janubida tartibsizliklarda iştirok etganligi taxmin qilingan şaxsni qölga oldi.
Qayd etilişiça, «Jibek yöli» (Turkiston viloyati) nazorat-ötkaziş punktida 1993 yilda tuğilgan fuqaro «Ye» Özbekistonga ötmoqçi bölgan vaqtida uşlangan.
Qölga olingan şaxsning mobil telefonida Çimkentdagi tartibsizliklar sodir bölgan joydan olingan videolar topilgan. Uning badanida (orqa kurak qismida) öq jarohati izi bor. Taxminga köra, bu jarohat rezina öqniki.
Qölga olingan şaxs Sarioğaş tumani IIB xodimlariga topşirilgan.









