Davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika böyiça 24 572 ta nikohdan ajraliş holatlari qayd etilgan bölib, har ming nafar aholiga töğri keladigan nikohdan ajralişlar soni – 1,4 promilleni taşkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralişlar soni böyiça eng köp Toşkent şahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan bölsa, har ming nafar aholiga töğri keladigan nikohdan ajralişlar soni böyiça Toşkent şahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajraliş holatlari soni:
Qoraqalpoğiston R. – 1056 ta
Andijon viloyati – 2532 ta
Buxoro viloyati – 1405 ta
Jizzax viloyati – 827 ta
Qaşqadaryo viloyati – 2006 ta
Navoiy viloyati – 720 ta
Namangan viloyati – 2183 ta
Samarqand viloyati – 2569 ta
Surxondaryo viloyati – 1348 ta
Sirdaryo viloyati – 888 ta
Toşkent viloyati – 2535 ta
Farğona viloyati – 2527 ta
Xorazm viloyati – 1026 ta
Toşkent şahri – 2950 ta









