«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonun (ÖRQ-653-son, 03.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Özbekiston Respublikasining bir neçta Kodeksi, Qonun hamda Hukumat qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Jumladan:
- Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartişga köra, olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda böliş natijasida ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş köp miqdorda zarar yetkazilişiga yoki boşqaça oğir oqibatlarga olib keliş jinoyati uçun javobgarlikning jarima miqdori oşirildi;
- Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartirişga köra, yuridik şaxslarga tegişli bölgan yoki özlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qiliş va saqlaşga doir qonunçilikda belgilangan çoralarni körmagan mansabdor şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Bundan taşqari, belgilanmagan joylarga qattiq maişiy çiqindilarni va quriliş çiqindilarini taşlaş, şuningdek suyuq maişiy çiqindilarni tökkanlik uçun endilikda maʼmuriy javobgarlik:
- fuqarolarga – bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça (223 ming sömdan 669 ming sömgaça);
- mansabdor şaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigaça (2 mln 230 ming sömdan 4 mln 460 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi (ilgari bu miqdor fuqarolarga 111 500 sömdan 669 ming sömgaça, mansabdor şaxslarga esa 669 ming sömdan 1 mln 115 ming sömgaça edi).









