Oliy Majlisning uç nafar deputati yöl harakati qoidalari buzilişiga oid ayrim javobgarlik çoralarini yengillaştirişni taklif etmoqda.
Kun.uzning xabar berişiça, deputatlar – E.Salixov, F.Aşmatov va K.Tojiyev işlab çiqqan qonun loyihasida quyidagi takliflar ilgari surilgan:
- Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yöl harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan bazaviy hisoblaşning «eng kam» va «eng köp» miqdorda belgilangan jarimalarning minimal darajasini qöllaş;
- takroran sodir etilgan baʼzi huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini kamaytiriş;
- ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini oqibatidan kelib çiqqan holda belgilaş.
Bundan taşqari, hukumatning ayrim qarorlariga ham quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda:
- avtotransport vositalarini röyxatdan ötgan hududidan qatʼi nazar, respublikaning istalgan hududida texnik körikdan ötkazişga ruxsat beriş;
- haydovçilik guvohnomalarini beriş jarayonlarida inson omilini kamaytirişga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş;
- haydovçilik guvohnomalarini yöqotgan (öğirlangan, yonğin, tabiiy ofat oqibatida va boşqa hollarda) şaxslarga dublikat beriş tartibini soddalaştiriş.
Işlab çiqilayotgan qonun loyihalari Qonunçilik palatasiga belgilangan tartibda kiritilib, siyosiy partiyalar fraktsiyalari muhokamalaridan söng, Qonunçilik palatasi yalpi majlislarida uç öqişda körib çiqiladi.









