Özbekistonda Tojikiston-Özbekiston qöşma demarkatsiya komissiyasi işçi guruhlarining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Uçraşuv joriy yilning 22-27 noyabr kunlari Namanganda ötkazildi. Bu haqda Tojikiston Taşqi işlar vazirligi axborot departamenti xabar bergan.
“Muzokaralar çoğida demarkatsiya işlari muhokama qilindi va Tojikiston-Özbekiston çegarasining demarkatsiya çiziği loyihasi böyiça özaro kelişilgan takliflar tayyorlandi”, deyilgan xabarda.
Taʼkidlanişiça, uçraşuv döstlik va yaxşi qöşniçilik ruhida ötgan, işçi guruhlarning navbatdagi uçraşuvi Tojikiston hududida bölib ötadi. Natijada tegişli bayonnoma imzolangan.
Maʼlumot örnida, ikki davlat örtasidagi davlat çegarasini töliq delimitatsiya qiliş 2019 yilda yakunlangan. 2018 yil 9-10 mart kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbega davlat taşrifi doirasida Tojikiston va Özbekiston örtasida Tojikiston-Özbekiston davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisidagi bitim imzolangan edi. Tojikiston parlamenti uşbu şartnomani 2018 yil 19 aprelda ratifikatsiya qilgan.
Maʼlumotlarga köra, Tojikiston-Özbekiston çegarasining uzunligi 1332 kilometrni taşkil qiladi.









