Joriy yilning 11 avgust kuni Oliy Majlis Senatining bölib ötgan yettinçi yalpi majlisida Namangan şahri tarkibida Davlatobod tumanini taşkil etiş haqidagi qarori tasdiqlangan edi.
Maʼlumotlarga köra, Namangan şahri tarkibida yangidan taşkil etilgan tuman hududida 25 ta mahalla fuqarolari yiğini, 33850 ta xonadon, 421 ta köp qavatli uy böladi.
Bundan taşqari, tumanda 3 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta umumtaʼlim maktabi, 24 ta maktabgaça taʼlim muassasasi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 1280 gektar qişloq xöjaligi yerlari, 698 ta xizmat körsatiş obʼekti, 429 ta sanoat korxonasi hamda 2 ta madaniy meros obʼekti mavjud.
Qayd etilişiça, tuman aholisi 149,6 ming nafarni taşkil etib, Namangan şahar aholisining 23,8 foizini qamrab oladi.
“Mazkur hudud istiqbolda zamonaviy köp qavatli uylar qurilişi hisobiga urbanizatsiya jarayoni jadallaşişiga, şuningdek, yangi infratuzilma obʼektlari barpo etilişi va aholiga xizmat körsatiş tizimi yanada rivojlanişiga xizmat qilişi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.









