Rossiyaning Moskva şahrida joylaşgan “Kutuzov” migrantlar yotoqxonasida meningokokk infektsiyasi tarqaldi. Bu haqda “Mash” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, migrantlar meningokokka qarşi “ Menactra” vaktsinasi bilan emlangan. Baʼzi odamlar inʼektsiyadan keyin boş oğriği va isitmani boşdan keçirgan.
Qayd etilişiça, Özbekistonning beş nafar fuqarosi, şuningdek, Tojikistonning bir nafar fuqarosi şifoxonaga yotqizilgan.
Maʼlumot uçun, meningokokk infektsiyasi Neisseria meningitidis bakteriyasi keltirib çiqaradigan yuqumli kasalliklar guruhi bölib, asab tizimi, yurak, öpka , jigar, böğimlar, teri va şilliq pardalarga taʼsir qilişi mumkin.
Kasallik özini asemptomatik taşiş, şuningdek, markaziy asab tizimining ölimga olib keladigan şikastlanişi, oğir umumiy yuqumli intoksikatsiya (yuqori harorat, köngil aynişi, umumiy zaiflik va boşqalar), ötkir nazofaringit, meningit, entsefalit va gemorragik toşma sifatida namoyon bölişi mumkin. Vaktsinalar yordamida kasallikning oldini oliş mumkin.









