Koreyaga keta olmayotganlar masalasida rasmiy izoh berildi

Koreyaga keta olmayotganlar masalasida rasmiy izoh berildi

Bugun, 27 aprel kuni AOKA zalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva iştirokida brifing bölib ötdi. Brifingda Koreya Respublikasida işlaş uçun imtihonlardan muvaffaqiyatli ötgan, ammo pandemiya şaroitida jönab keta olmagan fuqarolar murojaati yuzasidan rasmiy izoh berildi:

Joriy yilning 22 aprel kuni Koreya Respublikasida işlaş istagida bölgan 100 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosi oldida töplanib, imtihonlardan muvaffaqiyatli ötganligi, hozirgi vaqtda şartnomasi kelib, jönab ketişini kutib turganliklari, mazkur masala qaçon hal bölişi va Koreya Respublikasiga qaçon ketişi hamda nima uçun Ye-8 viza turi orqali fuqarolar jönab ketayotganligi, ammo Ye-9 vizasi egalariga ruxsat berilmaganligi yuzasidan murojaat yöllangan.

Uşbu murojaatlarga vazirlik tomonidan quydagiça javob berilgan.

Ye-9 vizasi – Koreya qonunçiligiga muvofiq malaka talab etilmaydigan işçi viza hisoblanadi.

Ye-9 vizasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vazirligi örtasida tuzilgan Anglaşuv memorandumiga asosan özbek işçilari bandlikka ruxsat beriş tizimi (EPS) orqali vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkiliy tarzda jönatiladi.

Mazkur viza orqali işçi kuçi yetişmovçiligining oldini oliş uçun  fuqarolar kiçik va örta biznes korxonalariga, xususan sanoatdagi işlab çiqariş sohasiga jalb etiladi.

Mazkur viza egalari uçun şartnoma muddati 4 yil 10 oyni taşkil etadi.

Bandlikka ruxsat beriş tizimi (EPS) orqali vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkiliy tarzda fuqarolani yöllaş uçun masʼul idoralar Özbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vazirligi, işçi organlar esa Koreya Inson resurslarini rivojlantiriş xizmati (HRD Korea) va Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi.

Uşbu viza turi böyiça Koreya Respublikasiga vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolar, örnatilgan tartibda koreys tili böyiça EPS-Topik hamda malaka test imtihonlaridan ötişlari şart.

Test imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan fuqarolar koreys iş beruvçilari tanlovlar bazasiga Agentlik tomonidan maʼlumotlari kiritiladi va Koreya tomoniga körib çiqiş va tasdiqlaş uçun jönatiladi.

Koreyaning Inson resurslarini rivojlantiriş xizmati test imtihonlarini ötkaziş, fuqarolarning maʼlumotlarini körib çiqiş va va örnatilgan tartibda taşkiliy tarzda Koreya hududiga vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun kirib borişini taʼminlovçi yagona vakolatli organ hisoblanadi. Boşqa taşkilotlar bu vakolatga ega emas.

Tizimga muvofiq, Koreya iş qidiruvçi çet ellik fuqarolar tanlovlar bazasiga kiritilgan nomzodlar koreys iş beruvçi korxonalari tomonidan tanlanganidan söng, ularga mehnat şartnomasi va mazkur mehnat şartnomasiga muvofiq vizalar taqdim etiladi.

Koreys iş beruvçisi xorijiy işçilarni tasodifiy tanlaş orqali tanlab oladi.

Koreya tomonidan maʼlumotlari tasdiqlangan fuqarolar, tasdiqlangan kundan boşlab 2 yil muddat tanlovlar bazasida iştirok etadilar.

2020 yil 1 aprelidan Koreya Respublikasi kasalliklarni oldini oliş va profilaktika qiliş ştabi qaroriga muvofiq Bandlikka ruxsat beriş tizimi orqali işçi kuçini yuboruvçi 16 ta davlatdan xorijiy işçilarning kirib kelişiga mutlaqo taʼqiq qöyilgan. Hozirda faqatgina Kambodja davlatiga Koreya tomonidan işçilar kirib borişlariga töliq ruxsat berilgan.

Hozirgi kunda birinçi marotaba şartnoma loyixasi kelganlar soni jami 1009 nafarni, qayta şartnoma bilan kelganlar 550 nafarni taşkil etmoqda.

2020 yilda (pandemiyaga qadar) Agentlik tomonidan 97 nafar fuqaro iş joylariga taşkiliy tarzda jönatilgan.

2020 yil 10 iyundan boşlab hozirgi kunga qadar Agentlik Koreya Respublikasidan taʼtilga kelgan fuqarolarni iş joylariga kirib borişlarida kömaklaşib kelinmoqda. (taʼtilga kelgan fuqarolarni iş joylariga kirib borişlari, Koreya xukumati tomonidan belgilangan talablarga asosan amalga oşirilmoqda).

Pandemiya davri boşidan buyon, Özbekiston Respublikasining tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda özbek işçilarini Koreya Respublikasidagi iş joylariga kirib borşilarini taʼminlaş böyiça bir qança muzokaralar ötkazildi. Xususan joriy yilning 10 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Boş Vaziri maslahatçisi hamda Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçisi bilan uçraşuv ötkazilgan, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi tomonidan doimiy ravişda muzokaralar ötkazilib, zarur maʼlumotlar berilib kelinmoqda.

Şu kunga qadar, Koreya Respublikasi tomonidan Ye-9 vizasi böyiça şartnomasi kelgan fuqarolar masalasi, ikki davlatdagi koronavirus bilan boğliq epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib körib çiqilişi maʼlum qilinib kelinmoqda.

Ye-9 viza egalari birinçi bor kirib borişi jarayonida albatta Koreya kiçik va örta biznes Federatsiyasi tomonidan ötkaziladigan öquv kurslarida iştirok etişlari hamda 14 kunlik karantin ötaşlari masalasi vaziyatni qiynlaştirmoqda.

Bu yil test imtixonini ötkaziş epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib ötkazilişi kutilmoqda, test bölib ötiş sanalari böyiça agentlikning rasimiy veb sahifasi, telegram kanallari orqali maʼlumot olişingiz mumkin.

Ye-8 vizasi – Koreya qonunçiligiga muvofiq qişloq xöjaligi sohasiga xorijiy işçilarni jalb qiliş vizasi hisoblanadi.

Koreya Respublikasi qişloq xöjaligi sohasida işçi kuçining yetişmasligi sezilarli darajada oşganligi natijasida Koreya Respublikasi hukumati tomonidan mavsumiy işlarga xorijiy işçi kuçini jalb qiliş borasida qaror qabul qilingan.

Ye-8 vizasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining mahalliy okrugi yaʼni hokimligi örtasida tuzilgan Anglaşuv memorandumiga asosan özbek işçilari qişloq xöjaligi sohasida vaqtinçalik 5 oylik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun taşkiliy tarzda yöllanadi.

Mazkur viza orqali işçi kuçi yetişmovçiligining oldini oliş uçun  fuqarolar fermer xöjaliklari va qişloq höjaligi korxonalariga jalb etiladi.

Mazkur viza egalari uçun şartnoma muddati 5 oyni taşkil etadi.

Uşbu viza turi böyiça Koreya Respublikasiga vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolar, örnatilgan tartibda koreys tili böyiça suhbatdan ötişlari zarur. Suhbat Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan koreys tili mutaxassislari iştirokida oçiqlik, şaffofilik va adolatlilik printsiplari asosida taşkil etiladi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan fuqarolarga mahalliy hokimlik taqdimnomasiga muvofiq Koreya Respublikasining Adliya vazirligi qoşidagi Immigratsiya xizmati tomonidan teleks vizalar yuboriladi.

Koreya Respublikasining maxalliy hokimligi tanlab olingan fuqarolar maʼlumotlarini körib çiqiş (tekşiriş), tasdiqlaş va fuqarolarni taşkiliy tarzda işga joylaştiriş böyiça vakolatli organ hisoblanadi, Agentlik esa uşbu jarayonlarni taşkillştirişda kömaklaşadi.

Viza tasdiqnomasi kelgan fuqarolar örnatilgan tartibda yuqumli kasalliklarlarga kompleks tibbiy körikdan ötkaziladi. Xar tomonlama soğlom fuqarolar ketişdan oldingi 14 kunlik karantin hamda köniktiriş darslarini özlaştirişlari talab etiladi.

Karantin jarayonlaridan ötgan hamda viza tasdiqnomalari Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi rasmiylaştirilgan fuqarolar örnatilgan tartibda Koreya Respublikasiga taşkiliy tarzda kirib borişlari Agentlik tomonidan taşkillaştiriladi.

Koreya Respublikasining tegişli idorasi tomonidan Ye-8 vizasi böyiça fuqarlarga Koreya Respublikasi kirib boriş uçun ruxsat berilganligi sababli Agentlik tomonidan taşkiliy tarzda jönatiş tadbirlari amalga oşirilmoqda.

Qayd etilişiça, Ye-9 vizasi Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi, Ye-8 vizasi esa Koreya Respublikasining Adliya vazirligi tasarrufiga kiradi. Uşbu tizimlar mutlaqo bir biriga yaqin hamda boğliq emasdir.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari tomonidan imzolangan anglaşuv memorandumlariga muvofiq Koreya tomonidan taqdim etilayotgan kvotalar hamda şartnomalar soni sönggi yillarda keskin kamayib borayotganligi kuzatilmoqda.

×