Joriy yilning 15 may kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani hududidan ötgan 4R40 avtomobil yölining 22 km.da haydovçi E.U. “Lasetti” rusumli transport vositasini boşqarayotib, yölning çap tomoniga töxtaş maqsadida qarama-qarşi harakatlangan va boşqaruvni yöqotib velosipedda harakatlanib ketayotgan haydovçi 1988 y.t. T.X.ni urib yuborib, yöl çetida töxtab turgan 1986 y.t. D.Q.ga tegişli bölgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasiga urilgan.
“Neksiya-3” avtomaşinasi zarbdan orqaga harakatlanib töxtab turgan “Lasetti” rusumli transport vositasiga urilgan.
Natijada, velosiped haydovçisi 32 yoşli T.X. tan jarohati olib şifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib körib çiqişlik uçun tuman sudiga yuborilgan.
Maʼmuriy işlar böyiça Zomin tuman sudining qarori bilan haydovçi E.U.ni Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 133 va 137-moddalari bilan aybli deb topib, yetkazilgan zararni qoplaş hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.









