Toşkent şahri hokimi tayinlandi

Toşkent şahri hokimi tayinlandi

Bugun, 13-yanvar kuni Toşkent şahar hokimligida Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötmoqda. Unda şahar hokimi vazifasini bajarib kalayotgan Jahongir Ortiqxöjayev rasman Toşkent şahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Boş vazir Taqdimnomani öqib eşittirdi

Sessiyada Boş vazir Abdulla Aripov Özbekiston Prezidenti tomonidan Toşkent şahar hokimi lavozimiga 48-Tinçlik saylov okrugidan saylangan deputat Ortiqxöjayev Jahongir Abidoviçning nomzodini Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi sessiyasida tasdiqlaş töğrisida Taqdimnomani öqib eşittirdi.

Nomzod bir ovozdan tasdiqlandi

“Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi “Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toşkent şahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorini bir ovozdan ma’qulladi.

Kengaş nomzodlarni tasdiqladi

Reglamentga muvofiq, sessiyada “Xalq deputatlari Toşkent şahar va tuman Kengaşlari deputatlari Qöşma majlisi Maslahat Kengaşi azoligiga nomzodni tavsiya etiş töğrisida”gi masala ham körib çiqildi va Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlandi.

Eslati ötamiz, bugun Toşkent şahar hokimligida ötkazilgan sessiya kun tartibiga muvofiq, “Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini röyxatga oliş töğrisida”gi masala körib çiqildi.

×