Andijon şahrining qamoqqa olingan hokimi örniga yangisi tayinlandi

Andijon şahrining qamoqqa olingan hokimi örniga yangisi tayinlandi

Moliyaçi Haydarov örniga bankir Abdurahmonov Andijon şahrining yangi rahbariga aylandi.

14 iyun kuni xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Taşkiliy masala körilgan sessiyada Ğofurjon Ğulomjanoviç Abdurahmonov şaharning yangi hokimi etib tayinlangani eʼlon qilindi.

Ğ. Abdurahmonov 1976 yilda Andijon şahrida tuğilgan, maʼlumoti böyiça mutaxassisligi – iqtisodçi. U 1994-1997 yillarda Markaziy bank Andijon viloyati Boş boşqarmasida turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1997 yildan 2009 yilgaça Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati bölimida işlagan.

2009-2011 va 2012-2013 yillarda Markaziy bank Andijon viloyati Boş boşqarmasi boşliği, 2013-2021 yillarda esa ATB «Qişloq quriliş bank» Boşqaruv raisi örinbosari bölgan. 2021 yildan hozirga qadar «Qişloq quriliş bank» Boşqaruv raisi maslahatçisi edi.

  • Maʼlumot uçun, bu Andijon şahrida sönggi uç yillikdagi uçinçi hokimdir. Şaharga 2016 yildan buyon rahbarlik qilgan Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil avgustida internetda navbatdagi videosi tarqalişi ortidan lavozimini tark etgandi. 
  • Uning örniga tayinlangan Bahrom Haydarov ham internetda tez-tez tanqidiy maqolalar qahramoniga aylandi. 2022 yil 6 iyun kuni esa u 2017−2019 yillarda Andijon viloyati moliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan davrida katta miqdordagi byudjet mablağlarini özlaştirganlikda gumonlanib, hibsga olindi. 
  • Bahrom Haydarov protsessual tartibda uşlangani ortidan Andijon viloyati XTB boşliği Azizbek Mirkomilov ham byudjet mablağlarini talon-toroj qiliş holati böyiça qözğatilgan jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi tariqasida hibsga olingandi.

    Manba: Kun.Uz
×