Lazgi Dubayni lol qoldiryapti

Lazgi Dubayni lol qoldiryapti

Bugun Dubayda, Dubai Opera sahnasida «Lazgi — qalb va muhabbat raqsi» balet postanovkasining xalqaro premerasi bölib ötdi.

Tomoşabinlar Xorazm Lazgisining Alişer Navoiy DAKT truppasi ijrosidagi yangiça talqinini kördi. Postanovka muallifi – Dortmund baletining baletmeysteri, NRW Juniorballet Dortmund baletining badiiy rahbari, xoreograf Raymondo Rebek.

Tomoşabinlar baletni ovatsiyalar bilan qarşiladi, bu esa postanovkaning boşqa mamlakatlarda, şubhasiz, muvaffaqiyat qozona olişiga işoradir.

Mass-media Fondi Vasiylik Kengaşi raisi muovini Saida Mirziyoyeva balet premerasidan olgan taassurotlari bilan bölişdi:

— Yurtimiz madaniyati xorijda bunday iliqlik va hayrat bilan qarşi olinayotgani menga ilhom bağişlaydi. Biz jahon hamjamiyatiga eng sara durdonalarimizni taqdim etamiz va ular dunyo mulkiga aylanadi.

«Lazgi» baletini yaratiş loyihasi YUNESKO kömagi tufayli amalga oşirildi. Uşbu taşkilot 2019 yil 12 dekabrda Xorazm lazgisini insoniyat nomoddiy madaniy merosining vakillik röyxatiga kiritdi.

Lazgi raqsi uç ming yillik tarixga ega. Afsonaga köra, issiq sahroda qalb uyğonadi va sehrgarning qöşiğiga raqs tuşadi. Uning ketidan hayotga qaytgan sevgining taqdiri yillar va masofalar oşa bu raqsga çambarças boğlanib ketadi.

Xalq tarixi, ajdodlar xotirasi, ruhlar sadosi — Lazgining har bir harakatida zamonlar uzviyligi mustahkamlanib boraveradi, pirovardda qalb va muhabbat Özbekistonning bir butun, yagona maʼnaviy sarçaşmasi va madaniy xazinasiga aylanadi.

×