Qozoğiston Özbekiston mahsulotlariga import çeklovi kiritadimi?

Qozoğiston Özbekiston mahsulotlariga import çeklovi kiritadimi?

Qozoğistonga Özbekiston tovarlari kerak va ularga nisbatan çeklov çoralari qöllanilmaydi. Bu haqda LS naşriga Qozoğiston Savdo va integratsiya vazirligi maʼlum qilgan. 

Tahlilga köra, Özbekistondan olib kelinayotgan asosiy mahsulotlar sabzavot, meva zavodlar uçun xomaşyo hisoblanadi. 

“Uşbu tovarlarga nisbatan har qanday çora-tadbirlarning kiritilişi, birinçi navbatda, qozoğistonlik isteʼmolçilarga salbiy taʼsir körsatadi”, deyilgan xabarda. 

Maqolada Özbekistonda Qozoğistonga nisbatan bir qator çeklovlar amal qilgani yoki amal qilişda davom etayotgani aytilgan. 

“Özbekiston MDH davlatlari, şu jumladan Qozoğiston bilan özaro savdoda 1993 yildan boşlab tovar kelib çiqişi qoidalarini qöllaydi. Ular Qozoğiston eksportçilari tomonidan tovarlarni yetarli darajada qayta işlaş uçun yanada qattiqroq va baʼzan imkonsiz bölgan mezonlarni nazarda tutadi”, deya tuşuntirgan LS. 

Qöşimça qilinişiça, 2009 yilgi qoidalar tovarlarni yetarli darajada qayta işlaş uçun yanada moslaşuvçan va odatda erişiş mumkin bölgan mezonlarni sanab ötadi. Yana bir tösiq — don va unning Özbekiston bozoriga öz mahsulotlarini qayta işlaşni rivojlantiriş tufayli tengsiz kirişidir. 

Xabarda 2020 yil 1 yanvardan Özbekistonga don yetkazib berişda boj olinmasligi, un importi uçun boj stavkasi esa 10 foizni taşkil etişi aytilgan. 

“Hozirda un uçun bojxona tölovlarini undiriş 2021 yil 31 dekabrgaça töxtatildi”, deyilgan xabarda. 

Taʼkidlanişiça, Qozoğiston Özbekiston tomonidan ayrim çeklovlardan xalos bölgan. 

“Joriy yilning 1 yanvaridan boşlab Özbekistonda import qilinadigan tovarlarga aktsiz soliği qöllanilmayapti. Ularning bekor qilingani savdo dinamikasiga ijobiy taʼsir körsatdi. 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida Özbekistonga importga aktsiz soliği solinadigan umumiy qiymati 137 million dollar bölgan 87 ta tovar predmeti eksport qilindi. Yaʼni, Özbekiston tomoni importga aktsiz soliğini bekor qilgandan söng, Qozoğistondan Özbekistonga aktsiz tölanadigan tovarlar eksporti 72 foizga oşgan”, deyiladi xabarda. 

Savdo vazirligi 2020 yilda Qozoğistondan Özbekistonga eksport hajmi 2,1 milliard dollarni taşkil etganini, bu 2019 yilga nisbatan 6,9 foizga köp ekanini eslatgan. Import esa 783,1 million dollarni taşkil etib, 44,8 foizga kamaygan. 

“Özbekistonga noxomaşyo tovarlari eksportini oşiriş salohiyati 10 ta tarmoqda 473,2 million dollarni taşkil etadi: neft-kimyo — 154,7 million dollar, metallurgiya — 148,2 million dollar, oziq-ovqat — 88 million dollar, maşinasozlik — 27,8 million dollar, kimyo —26,3 million dollar, farmatsevtika — 7,8 million dollar, quriliş — 6,8 million dollar, transport — 6,2 million dollar, yengil sanoat — 5,9 million dollar, yoğoçni qayta işlaş va mebel — 1,6 million dollar", deyilgan xabarda.

×