Ijtimoiy tarmoqda yoş yigit hayvonlarga nisbatan şavqatsiz munosabatda bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Toşkent şahar IIBB mazkur holatga munosabat bildirib, jonivorlar bilan şavqatsiz munosabatda bölgan yigitning şaxsi aniqlanganini oçiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda nomaʼlum şaxs Yaşnobod tumanida muşuklarni qiynagani va öldirganini köriş mumkin. Videoda 16-20 yoş atrofidagi yigit muşuklarni paket yordamida aldab uşlagan va ularni podezdga olib kirib, qiynagani tasvirlangan. 40 daqiqa içida u beşta muşukni qiynagan va ularning birini öldirgan.
“Internet tarmoğida şavqatsizlik qilingani oqibatida halok bölgan hayvonlar bilan boğliq fakt töğrisida xabar tarqamoqda. Uşbu holat 2021 yil 16 noyabr kuni taxminan soat 15:00 da Yaşnobod tumanida kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
Videodagi yigit 20 yoşli I.A. ekanligi maʼlum bölgan. Yigit Yaşnobod tumani IIO FMB 1-son içki işlar bölimiga yetkazildi, suhbat davomida u qilmişiga iqror böldi. Hozirgi vaqtda mazkur fakt böyiça tergov oldi tekşiruvi ötkazilmoqda, uning natijalariga köra qonuniy çora köriladi.









