Namangan viloyati Norin tumanida 31 yaşar yigit 26 yaşar jiyani bilan işqiy munosabatda bölib yurgan yigitni bir muşt bilan öldirdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 06:00 larda Norin tumanida sodir bölgan. Şu tumanda yaşovçi 1989 yilda tuğilgan fuqaro 1990 yilda tuğilgan tanişi 1994 yilda tuğilgan jiyani bilan işqiy munosabatlarda bölib yurgani yuzasidan özaro janjallaşib, yigitning yuz qismiga qöli bilan bir marotaba urgan.
Natijada jabrlanuvçi oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasida, marhum boş miya oğir yopiq şikasti, boş miya pardalari ostiga katta hajmda qon quyilişi, oğir darajali miya lat yeyişi, miya komasi, lab sohasi qontalaş jarohatlanişi oqibatida ötkir yurak qon tomir va nafas yetişmovçiligi natijasida vafot etganligi körsatilgan.
Uşbu holat böyiça tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.









