Buxoroda 20 yoşli yigit yoqtirgan qizining köngli döstida ekanini bilgaç, uni vahşiylarça öldirdi

Buxoroda 20 yoşli yigit yoqtirgan qizining köngli döstida ekanini bilgaç, uni vahşiylarça öldirdi

Buxoroda vahşiy qotillik sodir etildi. 20 yoşli yigit döstini öldirdi.

Maʼlum bölişiça, Buxoro tumanining «Şeyxon» MFY Dexçabegi qişloğidagi ariqdan 2018 yil 29 noyabr kuni 20 yoşli Şahzod Salomovning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Tezkor suriştiruv işlari natijasida uşbu işni Şahzodning azaldan tanişi, tengdoşi Aslonbek Usmonov sodir etgani maʼlum bölgan.

Voqeaga sevgi sabab bölgan. "Daryo"ning maʼlum qilişiça, Aslonbek Usmonov 2000 yilda tuğilgan Naimova Kamolani (qizning ismi şarifi özgartirilgan) yoqtirgan, lekin qizning köngli Şahzod Salomovda ekanini bilgaç uni öldirişni maqsad qiladi. Kunlarning birida u Şahzod Salomovni Matizida Buxoro şahrining «Rohat» avtobekatiga çaqirgan. U yerda ikkalasi qattiq janjallaşadi va Aslonbek yonidagi oşxona piçoği bilan Şahzodning kökrak qafasi oldi va yuzasiga 2 marta, çap yelka kamari sohasiga 2 marta va çap qöltiqosti sohasiga 1 marotaba urib, jarohat yetkazib, qasddan odam öldiriş jinoyatini sodir etgan. Şundan söng u jinoyatni yaşiriş maqsadida jasadni «Şeyxon» MFY Dexçabegi qişloğidagi «Sattorobod» ariğiga taşlaydi va Matizni Dölama qişloği hududidan ötuvçi avtomobil yöli yoqasiga qulflangan holatda taşlab ketgan.

Aslonbekning barça işlariga guvoh bölgan 1998 yili tuğilgan Jahongir Jabborov uni ham öldirişidan qörqib bu haqda heç kimga aytmay kelgan. Oradan bir kuni ötib, 2018 yil 30 noyabr kuni esa jinoyatçi uşlangan va şundan söngina Jahongir guvohlik bergan.

2019 yil 21 iyunda Buxoro viloyati sudi tomonidan Aslonbek Usmonovga 13 yilga ozodlikdan mahrum etiş, Jahongir Jabborovga esa 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

×