Jinoyat işi hujjatlariga köra, voyaga yetmagan (16 yoşli) Xamidullo R. 7 noyabr kuni soat 22:30 larda Namangan şahar “Soxil” MFY hududida böla turib maktabdoşi, voyaga yetmagan (17 yoşli) Ğiyosiddin N. bilan “Nega meni yaxşi körgan qizimga SMS jönatding” deb, özaro janjallaşib, uni qorin sohasiga piçoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.
Hodisa sodir bölgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi, joyni közdan keçirib, Bodomzor köçasidan oqib ötuvçi ariq böyidan tan jarohati yetkazişda foydalangan bir dona yoğoç sopli oşxona piçoği hamda hodisa joydagi qon doğlariga öxşaş doğlarni aniqlanib protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tibbiy maʼlumotnomaga köra, jabrlanuvçining badanida qorindagi sançilgan, kesilgan tarzidagi jarohati bölib, çarvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib çiqişi körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan şahar böyiça IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan fuqaro Xamidullo R., ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Biroq, joriy yilning 9 noyabr kuni körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvçi kasalxonaning jonlantiriş bölimida olgan oğir tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Hozirda Xamidullo R.,ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qöşimça axborot berilişi taʼminlanadi.









