Namanganda suv talaşib, 63 yoşli fuqaroni urib öldirib qöygan şaxsga jinoyat işi qözğatildi

Namanganda suv talaşib, 63 yoşli fuqaroni urib öldirib qöygan şaxsga jinoyat işi qözğatildi

Namanganda suv talaşgan fuqarolarning janjali ölim bilan yakunlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Maʼlum qilinişiça, 6 iyul kuni soat 21:00 larda Davlatobod tumanida yaşovçi 56 yoşli N.O. MÇJga qaraşli mevali boğda şu yerda dehqonçilik bilan şuğullangan, Töraqörğon tumanida yaşagan 63 yoşli M.N. bilan suv talaşib özaro janjallaşgan.

Janjal oqibatida N.O. qöli bilan M.N.ning boş qismiga urgan va u yerga boşi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. Şundan söng, N.O. fuqaro M.N.ni Töraqörğon tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borgan.

Jabrlanuvçi olgan tan jarohati böyiça Töraqörğon tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilib, körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 10 iyul kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi maʼlumotiga köra, marhumning badanida taşqi tan jarohatlari mavjud emas, uning ölimi boş miya yopiq şikasti, boş miya töqima ostiga qon quyilişidan kelib çiqqan.

Mazkur holat böyiça Namangan şahar Davlatobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq Farğonada suv talaşib, tanişini toşböron qilgan şaxslarga nisbatan jinoiy iş oçilgani, Bökada mol boqiş uçun yaylov talaşgan erkak hamqişloğining qorniga öroq sançib olgani töğrisida xabar berilgandi.

×