Namanganda muqaddam qotillikka qöl urgan 64 yaşar qaynota özaro mojaro sabab 31 yoşli kelinini öldirib qöydi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Voqea 2021 yil 7 sentyabr kuni Uçqörğon tumanida sodir böldi. Şu tumanda yaşovçi, 1957 yilda tuğilgan Ğofir Neʼmatullayev (ism-şariflar özgartirilgan) spirtli içimlik isteʼmol qilib, mast holda kelini, 1990 yilda tuğilgan Nargiza Bahromova bilan oilaviy kelişmovçiliklar sabab tortişib qoladi. Özaro mojaro ortidan qaynota uyida bölgan piçoq bilan kelinning yuragi va qorniga bir neça marotaba zarba berib, qasddan öldiradi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, Neʼmatullayev qölga olingan. U muqaddam Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan sudlangan bölgan.
Marhum Nargiza Bahromova oilaning katta kelini edi. Undan ikki farzand—5 yaşar qiz va 2 yaşar öğil qoldi.
Uçqörğonda uşbu hodisa muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Unda iştirok etgan Namangan viloyati IIB boşliği Odil Otaxöjayev va viloyat prokurorining birinçi örinbosari Sirojiddin Eşquvvatov yuz bergan jinoyat hamda bunga sabab bölgan omillarni batafsil tahlil qildi. Muhokamaning özi bilan çeklanib qolmay, yiğilişga kelgan mazkur hududda yaşovçi fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi.









