AQŞ tarixida ilk bor mamlakatni ayol kişi boşqardi

AQŞ tarixida ilk bor mamlakatni ayol kişi boşqardi

AQŞ Prezidenti Jo Bayden keça, 19 noyabr kuni 1 soatu 25 daqiqaga umumiy behuşlik ostida ötkazilgan kolonoskopiya muolajasi tufayli öz vakolatlarini vitse-prezident Kamola Xarrisga topşirdi. Şu tariqa, Qöşma Ştatlar tarixida birinçi marta ayol kişi mamlakatni boşqardi.  

Jarayon Vaşington yaqinidagi Uolter Rid tibbiyot markazida bölib ötdi. Tekşiruv yöğon içakdagi anomaliyalarni aniqlaşga qaratilgan bölib, bugun, 20 noyabr kuni 79 yoşga tölgan Prezidentning tibbiy körikdan ötişining birinçi qismi hisoblanadi. 

Taʼkidlanişiça, bir soatdan ortiq vaqt davomida mamlakatni boşqargan Kamola Xarris Oq uyning Ğarbiy qanotidagi ofisidan turib işlagan. 

AQŞ tarixidagi eng keksa Prezident bölgan Bayden 2024 yilda qayta saylanişni rejalaştirayotganini oçiq eʼlon qilgan. Biroq, baʼzi ekspertlarning fikriça, u uşbu sanadan oldin isteʼfoga çiqişi mumkin. 

Agar Jo Bayden qayta saylanmasa, 57 yoşli Kamola Xarris Demokratik partiyadan nomzod bölişi mumkin. 

Maʼlumot örnida, sobiq Prezident Donald Trampning sobiq Matbuot kotibi Stefani Grişem yaqinda çop etilgan kitobida respublikaçi milliarder ham prezidentlik davrida kolonoskopiyadan ötganiga, biroq bu jarayonni sir tutganiga şaʼma qilgan.

×