Vengriya tarixida ilk marta ayol Prezident böldi

Vengriya tarixida ilk marta ayol Prezident böldi

Vengriya parlamenti Oila, yoşlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi va u mamlakatning eng yuqori lavozimini egallagan birinçi ayol böldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bugun, 10 mart kuni Vengriya Milliy assambleyasi Boş vazir Viktor Orban Fides boşçiligidagi hukmron partiya raisi örinbosari, Oila, yoşlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi Prezidenti etib saylagan. Buning uçun 199 deputatdan 137 nafari ovoz bergan. 

44 yoşli Novakning saylovdagi raqibi muxolifat koalitsiyasidan 80 yoşli nomzod, iqtisodçi Piter Rona böldi. 

Maʼlumot uçun, siyosatcçi 1977 yil 6 sentyabrda tuğilgan. U 1996 yilda Seged şahridagi Endre Şagvari örta maktabida örta taʼlimni tugatgandan söng, Korvinus universitetida iqtisod va Seged universitetida huquq böyiça tahsil olgan.

Şuningdek, u Parijning Nanter universitetida ham öqigan. Novak venger tilidan taşqari frantsuz, ingliz va nemis tillarida sözlaşa oladi.

Eslatib ötamiz, 2012 yildan beri mamlakatning amaldagi Prezidenti bölgan Kleman Ader joriy yilning 10 may kuni öz faoliyatini yakunlaydi.

×