Şavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev taklifiga binoan 22 avgust kuni davlat taşrifi bilan Ozarbayjonga jönab ketdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilişiça, taşrif dasturiga muvofiq, Boku şahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bölib ötadi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Birgalikda Fuzuliy va Şuşa şaharlariga taşrif buyuriş, davlat rahbarlari iştirokida boşqa tadbirlar ötkazilişi közda tutilgan.
Şavkat Mirziyoyev 2023 yil 1 mart kuni Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Ozarbayjonga amaliy taşrif bilan borgandi. Prezident Bokuda Qöşilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklaniş masalalariga bağişlangan sammiti yalpi sessiyada iştirok etgandi. Ozarbayjon prezidenti bilan uçraşuv ötkazib, ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilgandi.









