Qasddan badanga yengil şikast yetkazganlik uçun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

Qasddan badanga yengil şikast yetkazganlik uçun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş möljallanmoqda.

Muhokama uçun eʼlon qilingan qonun loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan ÖRQ–2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi özgartişlar va qöşimça kiritiladi:

66-1-moddasining (Yaraşilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş) birinçi qismida:

“109-moddasida (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş)” degan sözlar çiqarib taşlanadi;

“140-moddasining birinçi va ikkinçi qismlarida” degan sözlar “140-moddasining ikkinçi qismida” degan sözlar bilan almaştiriladi;

109-modda (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) çiqarib taşlanadi;

140-moddasining (Haqorat qiliş) birinçi qismi (Haqorat qiliş, yaʼni şaxsning şaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaş, başarti, şunday harakatlar uçun maʼmuriy jazo qöllanilgandan keyin sodir etilgan bölsa) çiqarib taşlanadi.

×