“Qimmat öqiş, past maoş”. Jahon banki Özbekiston yoşlarining işsizligi haqida hisobot eʼlon qildi

“Qimmat öqiş, past maoş”. Jahon banki Özbekiston yoşlarining işsizligi haqida hisobot eʼlon qildi

Özbekistonda yoşlar işsizligining asosiy sabablaridan biri qişloq joylarda iş örinlarining yöqligi va işçi kuçiga talabning pastligidir. Aksariyat yoşlar mehnat daftarçasini oçmasdan işga qabul qilinadi. Iş haqi kutilganidan ança past. Bu haqda Jahon bankining Özbekistondagi yoşlarni iş bilan taʼminlaşda mavjud muammolar borasida çop etgan hisobotida keltirilgan.

Qayd etilişiça, bugungi kunda Özbekistonda 29 yoşgaça bölgan yoşlar soni 18 millionni taşkil qiladi. Özbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda (YETS) eng köp yoşlarga ega mamlakatdir. Kelgusi 10 yil içida mehnatga layoqatli aholi soni yana 12 foizga oşişi kutilmoqda.

16–24 yoşdagi barça yoşlarning 24 foizini (26,4 foizi — 16 yoşdan 29 yoşgaça bölgan guruhda) işsiz yoki öqimaydigan yoşlar taşkil etadi. Eng köp işsizlik qizlar orasida – öğil bolalarga nisbatan 4 barobar köp.

“Bu şaxslar guruhi mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi uçun ham imkoniyat, ham muammodir”, deya taʼkidlaydi hisobot mualliflari.

Yoşlarni iş bilan taʼminlaşdagi muammolar:
•    qişloq joylarida iş örinlarining yetişmasligi va işçi kuçiga talabning pastligi;

•    iş haqi kutilgan darajasiga nisbatan pastligi;

•    Malaka darajasining pastligi asosan taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi aloqaning yöqligi;

•    Umumiy taʼlim tizimi, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimida olingan könikmalar va iş beruvçilar tomonidan talab qilinadigan kasbiy taʼlim va könikmalar örtasida nomuvofiqlik;

•    Qulay biznes şaroitining çeklanganligi yoki tadbirkorlik könikmalariga örgatiş, muvaffaqiyatli mikrofirmalarni yaratişdagi muammolar;

•    Oliy taʼlim oliş imkoniyati çeklanganligi;

•    Özbekistonda universitetlar öqiş qimmatligi;

•    Taʼlim va malakaning yetişmasligi;

•    Mehnat bozori haqida yoşlar kam maʼlumotga egaligi, maktablarda taʼlim maʼlumotlarini taqdim etiş va kasb tanlaş imkoniyatlarini beruvçi kasbiy yönaltiriş dasturlari yöqligi;

•    Biznesni moliyalaştirişdagi qiyinçiliklar;


•    Ayollarni işçi kuçi sifatida iştirokiga tösqinlik qiluvçi kuçli ijtimoiy stereotiplar;

•    Kasblarning 70 foizi litsenziya va (yoki) oliy maʼlumot talab etişi;

•    Yoşlar uçn kiçik hajmdagi faol mehnat bozori dasturlari;

•    Davlat xizmatlari va bandlik dasturlaridan foydalaniş borasida xabardorlik çeklanganligi;

•    Yoşlarning bandlik darajasini oşirişda hukumatning saʼy-harakatini aniqlaş va baholaş monitoringining zaifligi;

•    Universitetlar talabalari va hamma yoşlar uçun katta xarajatlar;

•    Juda kam kompaniyalar malaka böşliqlarini qoplaş uçun xodimlar uçun treninglar ötkazadi;

•    Umumiy taʼlim tizimi beriladigan texnik könikmalar va örta taʼlim sifati juda past;

•    iş beruvçilar va taʼlim muassasalari özaro boğliq emas. Taʼlim muassasalari mehnat bozoriga mos kelmaydigan malakalarni berişadi. Natijada, iş beruvçilar kadrlarni faqat iş tajribasi bilan baholab işga qabul qiladi. Kasbiy diplomlar işga olişda deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Bu yoşlar uçun yanada salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi. Bular ayniqsa, örta maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomiga ega bölgan yoşlar orasida yaqqol seziladi.

Nima qiliş kerak?

Jahon banki, yuqorida körsatilgan muammolarni bartaraf etiş uçun qator takliflarni ilgari surgan. Takliflar orasida quyidagilar mavjud:
•    iş haqi va yoşlarni kasbga öqitişni subsidiyalaş kabi mehnat bozoridagi qöllab-quvvatlaş çoralarini baholaş, isloh qiliş va kengaytiriş;

•    könikmalarni rivojlantiriş va boşlanğiç kapital taqdim etiş orqali yoş tadbirkorlar loyihalarini amalga oşirişga kömak kösatişni kengaytiriş;

•    maktablar va kasb-hunar taʼlimi markazlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) könikmalariga ustuvor ahamiyat beriş orqali yoşlarda ularni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş;


•    sektorlar va hududlar orasida kasbiy va mehnat mobilligidagi tösiqlarni bartaraf etişga yönaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş;

•    uyuşgan (xavfsiz va samarali) mehnat migratsiyasiga kömaklaşiş.

×