Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişni yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qöllaniladigan ayrim turdagi xom aşyo va yarim tayyor mahsulotlar röyxati tasdiqlandi. U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:
• kastor yoği va uning fraktsiyalari;
• asbest;
• natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq şaklda;
• karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
• ösimlik yoki çorvadan olinadigan böyovçi moddalar;
• keramik mahsulotlar, emal yoki oyna işlab çiqariş uçun möljallangan şişasimon emallar va glazurlar va şunga öxşaş preparatlar;
• töqimaçilik böyoği;
• sirti faol organik moddalar (sovundan taşqari); sirti faol vositalar, yuviş vositalari (şu jumladan yordamçi yuviş vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bölmagan tozalaş vositalari;
• moylaş materiallari hamda töqimaçilik matolari, çarm, möyna yoki boşqa materiallarga yoğ va moy bilan işlov beriş uçun foydalaniladigan vositalar;
• sunʼiy mum;
• tayyor yelimlar va boşqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boşqa tayyor adgezivlar;
• fermentlar, fermentli preparatlar;
• töqimaçilik tarmoğida qöllaniladigan pardozlaş vositalari, böyaşni tezlaştiriş yoki böyoqlarni mustahkamlaş vositalari va boşqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
• sunʼiy möyna;
• yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yoğoçdan şunga öxşaş materialla;
• filtr qoğoz va karton;
• apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingiçka soçidan tayyorlangan gazlamalar;
• ziğirpoya tolasidan töqilgan gazlamalar;
• kompleks sintetik va sunʼiy iplardan töqilgan gazlamalar;
• kimyoviy iplardan va boşqa töqimaçilik materiallaridan töqilgan törlar.
Avvalroq, ayrim tsitrus mevalari va töqimaçilik mahsulotlari importi bojxona bojidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.









