Jizzax şahrining “Turon” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaroning norasmiy diniy faoliyat bilan şuğullaniş hamda diniy taʼlimotdan saboq beriş bilan boğliq noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.
Aniqlanişiça, Jizzax şahrining Sayilgoh köçasida yaşovçi şaxs xonadonida norasmiy diniy faoliyat körsatib, göyoki, fuqarolarning işlarini yaxşilaş uçun sehr-jodu bilan şuğullanib kelgan. Şuningdek, uşbu şaxsning yaşaş joyi közdan keçirilganda,12 kişi mijoz sifatida uning yoniga kelib, navbat kutayotgani maʼlum bölgan. Mazkur şaxs vakolati bölmasa-da, fuqarolarga muntazam diniy saboq berib kelgan.
Bundan taşqari, fuqaroning xonadonidan diniy mazmundagi 5 ta kitob, 1 ta ot qamçisi, 9 dona oş piçoği, 1 dona polietilen paket içidagi buyumlar va 110 ming söm pul rasmiylaştirib olingan.
Tekşiruv davomida fuqarolarning ism-şarifi yozilgan 5 ta daftar topilgan. Daftarlarda 100 dan ortiq kişilarning fotosurati hamda söragan niyatlari qayd etib borilgan. Uşbu daftar közdan keçirilganda, “issiq-sovuq” qiliş uçun olingan buyurtmalar orasida, xatto, hokimlik va deputatlikka davo qilmoqçi bölgan şaxslarning ham borligi aniqlangan.
Javobgar şaxsga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-moddasi (Yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş) 2-qismi hamda 241-moddasi (Diniy taʼlimotdan saboq beriş tartibini buziş) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, töplangan hujjatlar mazmunan körib çiqilişi uçun Jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudiga yuborilgan.
Sud hukmiga köra, fuqaroga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.









