Jizzax viloyatida DXX va IIB xodimlari tomonidan tadbir ötkazildi. Uşbu tadbir davomida Özbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan "Jihodçilar" ekstremistik oqimining aʼzolari qölga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, tadbir davomida “jihodçilar”dan 5 dona uyali aloqa telefon apparati va 3 dona fleşka olib qöyilgan. Uşbu fleşkalarda oqimning 250 dan ortiq video, audio şakldagi material borligi aniqlangan.
Aniqlanişiça, uşbu materiallar guruh aʼzolari tomonidan tarqatilib kelingan. Bundan taşqari, guruh aʼzolari oqim ğoyalarini faol tarğib qilib kelgan.
Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida “Jihodçilar” ekstremistik oqimi faoliyat olib borayotgani maʼlum bölgani, joriy yilning 8 iyun kuni viloyat IIB va DXX xodimlari hamkorligida uşbu oqimning bir guruh aʼzolarining noqonuniy faoliyatiga çek qöyilgani haqida xabar bergan edik.









