Xabaringiz bor, keça,12 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining sakkizinçi sammitida iştirok etdi. Unda Kengaşni Turkiy davlatlar taşkiloti deb özgartiriş töhrisida qaror qabul qilindi.
Sammit kun tartibiga muvofiq, savdo, investitsiyalar, “yaşil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, taʼlim va madaniyat sohalaridagi köp qirrali munosabatlarni har tomonlama kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari öz nutqining avvalida Özbekiston Turkiy Kengaş nomini “Turkiy davlatlar taşkiloti” deb özgartiriş hamda Turkmanistonga taşkilotda kuzatuvçi maqomini beriş töğrisidagi tarixiy qarorlarni qöllab-quvvatlaşini taʼkidladi. Bu muhim qadamlar taşkilot faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqib, uning xalqaro maydondagi örni va nufuzini oşirişi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari bu galgi sammit davomida Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis qiliş töğrisidagi qaror qabul qilingani uçun minnatdorlik bildirib, taşkilotga aʼzo mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan nodir asarlarni tadqiq va tarjima qiliş, ularning yagona elektron bazasini yaratiş muhimligini taʼkidladi.
Sammit yakunida taşkilotga raislik Turkiya Respublikasiga ötişi va Turkiy davlatlar taşkilotining birinçi sammiti kelgusi yilda Özbekistonda ötkazilişi töğrisidagi qarorlar qabul qilindi.
Davlat rahbarlari 10 dan ortiq hujjat – sammitning yakuniy deklaratsiyasini, “Turkiy dunyo nigohi - 2040” dasturiy hujjati va kun tartibiga kiritilgan boşqa qarorlarni imzoladilar.









