Putin Şavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

Putin Şavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

Rossiya yetakçisi öz tabrigida 2022 yilda Moskva va Toşkent örtasidagi dolzarb masalalar böyiça samarali muloqot va yaqin hamkorlikdagi işlar davom etişiga umid bildirgan.

“Bu, şubhasiz, döst Rossiya va Özbekiston xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaşga mos keladi”, — deyiladi Kreml saytida çop qilingan tabrik matnida.

Şuningdek, Putin Özbekiston rahbarining noyabr oyidagi Moskvaga taşrifi ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik mustahkamligini tasdiqlaganini qayd etgan. Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilaş imkonini bergan.

×