Markaziy Osiyo yetakçilari Rossiya stsenariysi böyiça harakat qilib, ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuçaytirmoqçi. Bu haqda “The Washington Post” naşri xabar bermoqda.
“Ötgan hafta Özbekiston aholisi taxminan bir soat davomida ijtimoiy tarmoqlarsiz hayotning “taʼmini his qildi”. Mahalliy maʼlumotlarni saqlaşni talab qiluvçi yangi qonun tufayli Telegram, Facebook, Instagram, YouTube va boşqalar bloklandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bundan juda norozi böldi va hukumat tezda orqaga çekindi. Tez orada ijtimoiy tarmoqlarga kiriş tiklandi”, deb yozadi “The Washington Post”.
Naşrning taʼkidlaşiça, Markaziy Osiyo davlatlari Moskva singari, tsenzurani kuçaytirayotgani sababli jamoatçilikning noroziligidan qörqib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilişga majbur.
Rossiya muntazam ravişda texnologiya gigantlarini mamlakat tomonidan taqiqlangan kontentni olib taşlaşdan boş tortgani uçun jarimaga tortib kelmoqda, biroq rasmiylar YouTube kabi maşhur tarmoqlarni butunlay “qora röyxat”ga kiritişga ikkilanib turibdi.
“Rossiyaning şunday urinişlaridan biri – Telegram’ni bloklaş harakati, oxir-oqibat Kremlda kelişmovçiliklarga olib keldi. Telegram öz faoliyatini davom ettirdi va undan hali ham foydalanayotgan odamlar orasida taniqli davlat amaldorlari bor edi. Mart oyida Rossiya internet-regulyatori stvakani pastroq olib, Twitter’ni sekinlaştirişni tanladi, çunki Twitter Rossiyada maşhur emas”, deyiladi xabarda.
“Freedom House” taşkilotining internet erkinligiga bahosiga köra, Özbekiston ham, Qozoğiston ham “erkin emas”. Tojikiston va Turkmaniston umuman reytingga kirmagan, biroq taşkilot ularning ikkisi ham hukumatga qarşi fikrlarni bostiriş uçun axborot portallari va ijtimoiy media platformalarining “ommaviy yopilişidan” foydalanganini taʼkidlagan. Markaziy Osiyoda faqat Qirğiziston internet oçiqligi darajasi böyiça “qisman erkin” deb baholangan.
“Öyin qoidalarini asosan Moskva örnatadi”, deydi siyosiy tahlilçi va Markaziy Osiyo böyiça ekspert Arkadiy Dubnov.
Joriy yilning sentyabr oyida Rossiyada parlament deputatligi uçun saylov jarayonlari boşlanişi bilanoq, Apple va Google Rossiyadagi onlayn dökonidan muxolif kuçlarning ilovasini öçirib taşladi.
Qamoqdagi muxolifatçi Aleksey Navalniyning hamkorlari tomonidan yaratilgan ilova Prezident Vladimir Putinga qarşi bölgan rossiyalik saylovçilarga ğalabani Putinga topşirmaydigan tarzda ovoz berişda yordam beriş uçun möljallangan edi. Biroq Roskomnadzor Apple va Google’ni saylovçilarga ilovani yuklab olişga ruxsat berib, Rossiya siyosiy işlariga aralaşganlikda aybladi va uni internet dökonlaridan olib taşlaşni talab qildi. Rossiya hukumati kompaniyalarga bosim ötkazişga muvaffaq böldi va ularning mahalliy xodimlarini javobgarlikka tortiş bilan tahdid qildi.
Qozoğistondagi raqamli huquq faollari sentyabr oyida parlamentdagi hukmron partiya xorijiy texnologiya kompaniyalardan mamlakatda ofislarini oçişni talab etuvçi qonun loyihasini ilgari surganida, mamlakat uşbu Moskvadan nusxa köçirişga urinayotganidan qörqişgandi. Qonun loyihasi bolalarni himoya qiliş çorasi va kiberhujumlarga çek qöyiş usuli sifatida işlab çiqilgan bölsa-da, faollar buni söz erkinligini çeklaş va hukumat tanqidçilarining ovozini öçirişga uriniş deb hisobladi.
Ötgan hafta Qozoğiston hukumati Facebook bilan “zararli kontent böyiça yaqin hamkorlik töğrisida” qöşma bayonot eʼlon qildi.
Qozoğiston bayonotiga köra, hozirda Meta nomi bilan maşhur bölgan Facebook mamlakat hukumati Facebook’ning kontent haqida xabar beriş tizimiga töğridan-töğri va eksklyuziv kiriş huquqini taqdim etgan. Bu esa hukumatga Facebook’ning global kontent siyosati va mahalliy qonunlarni buzişi mumkin bölgan kontent haqida xabar berişda yordam berişi mumkinligi aytilgan. Ammo bu bayonot Facebook’dan mustaqil ravişda çop etilgan.
Maʼlumot örnida, joriy yilning 2 iyul kuni Özbekistonda Skype, Twitter, TikTok va Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kiriş çeklangandi. Keyinroq esa ularning qatoriga WeChat ham qöşildi. Biroq bu saytlarning bloklanişi Telegram’ning uzilişi kabi noroziliklarni keltirib çiqarmadi. 35 milliondan ortiq aholisi bölgan Özbekistonda 18 million kişi Telegram’dan foydalanadi.
Bu bloklaş ortidan Prezident Şavkat Mirziyoyevning Matbuot kotibi Özbekiston internet-regulyatori rahbari “notöğri va nomuvofiq xatti-harakatlari” uçun işdan böşatilganini maʼlum qilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 19:30 lar atrofida Özbekistonda “Moy Mir”, “Odnoklassniki”, “Youtube”, “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” va “Linkedn” kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida uzilişlar kuzatila boşlandi. Keyinroq Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi uşbu platformalarni Şaxsga doir maʼlumotlar subʼektlari huquqlarini buzuvçilar reyestriga kiritgani maʼlum böldi.
Oradan köp ötmay, uşbu tarmoqlar faoliyatiga qöyilgan çeklov rasman bekor qilindi. Çeklovni örnatgan taşkilot Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi rahbari Ğolibşer Meliboyeviç Ziyayev Boş vazir qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Barça iş ğiştdan köçib bölgaç, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi rasmiy maʼlumot bilan çiqib, uzilişlarga "Öztelekom" AK uskunasidagi nosozlik sabab bölganini aytdi. Oradan köp ötmay bu bayonot öçirildi.
4 noyabr kuni internet-platformalar faoliyatini çeklaş bilan boğliq voqea ortidan boş vazir maslahatçisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği Olimjon Umarov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.









