Erkaklardan dayus kim?

Erkaklardan dayus kim?

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uç kimsa borki, Alloh azza va jalla qiyomat kuni ularga (rahmat nazari ila) qaramaydi: ota-onasiga oqq bölgan kimsaga,erkakşoda ayolga, dayusga. Va uç kişi jannatga kirmaydi: ota-onasiga oq bölgan kimsa, aroq içişga mukkasidan ketgan kimsa, berganini minnat qiluvçi kimsa» dedilar. Imom Ahmad va Nasoiy rivoyat qilişgan.

Imom Ahmadning rivoyatlarida bunday kelgan: «Uç kişi borki, Alloh taolo ulargajannatni harom qilgan: aroqqa mukkasidan ketgan, oq bölgan, ahlida iflos iş(zino) sodir bölişiga rozi bölgan kimsa».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uç kişi heç qaçon jannatga kirmaydi:erkaklardan dayus, ayollardan erkakşoda va xamr (aroq)ga mukkasidan ketgan kimsa» dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, xamr (aroq)ga mukkasidan ketgan kimsani tuşundik. Ammo erkaklardan dayus kim?» deb söraşdi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Ahli (xotini)ning oldiga kimlar kirişiga parvo qilmaydigan kimsa» dedilar. Biz: «Ayollardan erkakşodasi kim?» deb söradik. Şunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Özini erkaklarga öxşatgan ayol» deb javob berdilar.

Demak, kengroq olib qaraydigan bölsak, dayus:

öziga qaraşli ayollarning oldiga kimlar kirayotganiga parvo qilmaydigan «erkak»;

ayoli, qizi, singlisi, nabirasi telefonda, smsda, internetda kimlar bilan gaplaşayotganiga eʼtibor bermaydigan «erkak»;

ayoli, qizi, singlisi, nabirasi köçada, bozorda kimlar ila yurgani bilan işibölmaydigan «erkak»;

ayoli, qizi, singlisi, nabirasi Turkiya, Qorasuv, Dubayga «tovar opkelaman» deb, mahramsiz ketsa indamay dovdirga öxşab ötiradigan, xotini, qizi, singlisi, nabirasining u yoqlarda nimalar qilayotganiga parvo qilmaydigan «erkak»;

töylarda erkaklar oldida ayoli, qizi, singlisi, nabirasi raqsga tuşsa, «Ötir joyingga, yana bir marta likillaganingni körsam oyoğingni urib sindiraman, meni dayus bölişimni, jannatdan mahrum bölib, dözaxga kirişimni istayapsanmi?» deyiş örniga, tirjayib ötiradigan, borib pul qistiradigan «erkak»;

ayoli, singlisi, qizi va nabirasi avratlari oçiq holda köçaga çiqsa, ularni tergaş, tanbeh beriş, bu behayolikdan qaytariş örniga, oğziga talqon solgandek indamaydigan «erkaklar»dir.

Demak, Alloh taolo qiyomat kuni dayusga rahmat nazari ila boqmas ekan.

Demak, Alloh taolo dayusni jannatga kiritmas ekan.

Demak, Alloh taolo dayusga jannatni harom qilib qöygan ekan.

Mahramimiz bölgan ayollarning yuriş-turişlarini, kiyinişlarini, gap-sözlarini, qayerga borib, kimlar bilan körişayotganlarini nazoratga olaylik!

Alloh taolo barçamizni dayuslikdan asrab, hamiyat, raşk, qizğoniş tuyğularimizni mustahkam qilsin!

×