Özbekistonda aholining asosiy qismi faqat oylikka kun köryapti

Özbekistonda aholining asosiy qismi faqat oylikka kun köryapti

Özbekistonda aholining qariyb 70 foizining asosiy daromad asosiy manbai oylik iş xaqi bölib qolmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan aholining turli guruhlari isteʼmol kayfiyatini örganiş böyiça ötkazilgan sörovnoma xulosasida keltirilgan.

Uşbu örganişga respondentlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi, mavjud pul-mablağlarini jamğarişga bölgan moyilligi, şuningdek, ularning kelgusida kreditga bölgan ehtiyojlarini aniqlaş va tahlil qiliş böyiça savollar kiritilgan.

2021 yilning III çoragi yakuni böyiça ötkazilgan sörovda respondentlarning kelgusi daromadlari böyiça kutilmalari II çorakdagi 7,3 banddan 8,8 bandgaça yuqoriladi.

Kuzatuvlarga köra, sörovda iştirok etgan daromadlari 7 mln sömgaça bölgan respondentlar uluşi jamiga nisbatan 86 foizni taşkil etmoqda (II çorak yakunlari böyiça - 83 foizga teng).

Bunda, iştirokçilarning qariyb 70 foizi daromadlarining asosiy manbai oylik iş xaqi, 15 foizga yaqini esa tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarga töğri kelişini taʼkidlaşgan. Xorijdan pul ötkazmalarni qayd etgan respondentlar uluşi esa 3,4 foizga teng.

Şuningdek, hududlar kesimida ham rasmiy oylik iş haqi asosiy daromad manbai ekanligini köriş mumkin. Xususan, Toşkent şahri (68,8 foiz), Buxoro (61 foiz), Andijon (58,7 foiz) va Toşkent viloyatlari (58,1 foiz) respondentlari javobalarida oylik moaşning asosiy daromad sifatida yuqori uluşlar qayd etilgan.

Tadbirkorlik faoliyati şuğullanişni qayd etgan respondentlarning katta qismi Navoiy, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hissasiga töğri kelgan.

×