«BIZ IŞÇIGA ZORMIZ!» Hokim örinbosari 2-3 million söm oylikka odamlar işlaşni istamayotganini maʼlum qildi

«BIZ IŞÇIGA ZORMIZ!» Hokim örinbosari 2-3 million söm oylikka odamlar işlaşni istamayotganini maʼlum qildi

Namangan viloyati hokimining investitsiyalar va taşqi savdo masalalari böyiça örinbosari Okibjon Inomov 12 yanvar kuni OAV vakillari bilan ötkazilgan matbuot anjumanida korxonalarga işçilar yetişmayotgani haqida maʼlumot berdi, deya xabar qildi Kun.uz muxbiri.

Maʼlum qilinişiça, hokim örinbosari jurnalistlardan birining viloyatda önlab yirik loyihalar amalga oşirilsa-da, nega işsizlik darajasi hamon yuqoriligi haqidagi savoliga javob qaytargan.

«Biz işçiga zormiz, aka. Baraka topkur, 2-3 million söm oylik qilib beramiz, kelib işla. Birga işlasak joy va şaroitingni qilib beraman deymiz, lekin işlaydigan odam yöq. 2-3 million söm oylikka işlaydigan işçi topa olmayapmiz. Agar hoziroq 200 ta odam bölsa, ularni bitta korxonaning  öziga işga olamiz.

Ayni paytda «Yuksaliş» kiçik sanoat zonasida quriliş işlari ketyapti. Şunga quruvçi va işçilar topa olmayapmiz.

Kiçik sanoat zonalarini har kuni monitoring qilamiz. Rahbarlari «aka, işçilar topib bering, oyligini beramiz», deyişadi. Hozir qişda köpçilik uyda ötiribdi. Hamma joyda reklamalar eʼlon qilyapmiz. Yöq işçilar, topa olmayapmiz.  

2-3 million söm oylik 200-300 dollarga töğri keladi. Musofir yurtga borib ham 500 dollarga işlaşadi. Şu pulning 200 dollarini öziga sarflab, qolgan 300 dollarini uyga jönatyaptida», dedi viloyat rasmiysi.

Şuningdek, hokim örinbosari 2021 yilda Namangan viloyatidagi kiçik sanoat zonalari soni 100 taga yetkazilişini maʼlum qilgan. Buning uçun davlat byudjetidan 50 million dollar mablağ ajratilgan.  

×