Sirdaryoda aholining buyumlari nega yoqib yuborilgani maʼlum böldi

Sirdaryoda aholining buyumlari nega yoqib yuborilgani maʼlum böldi

Sirdaryo viloyatining suv toşgan hududlarida uy-rözğor buyumlari va anjomlar yoqib yöq qilinmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlar bilan muhokama qilinayotgan fotosuratlarga izoh berdi.

«Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom ettirilmoqda. Hozirda bu maydonda ikkilamçi tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan aşyolar, uy xöjaligi buyumlarini yiğiş, ularni hududdan olib çiqiş va yöqotiş tadbirlarini misol qiliş mumkin. Çunki bunday vositalar qayta foydalaniş uçun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi», – deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Foto: FVV axborot xizmati
Foto: FVV axborot xizmati

Maʼlumot uçun, hozirda toşqindan talafot körgan 541ta uy taʼmirdan çiqarilyapti. Bunga 13 524 nafar işçi va 622ta transport vositasi jalb qilingan

×