Özbekiston Respublikasi hududlari böyiça tuğilişda kutilayotgan umr köriş davomiyligi böyiça Toşkent şahri aholisi yetakçilik qilmoqda. Poytaxtda uşbu körsatkiç 76,8 yoşni taşkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Mamlakatda 2024 yilda tuğilişda kutilayotgan umr köriş davomiyligi 75,1 yoşni taşkil etdi. Tuğilişda kutilayotgan umr köriş davomiyligi böyiça eng kam körsatkiç Sirdaryo viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasiga töğri kelgan (72,2 yoş).
Şuningdek, Farğona viloyatida 76,6 yoş, Buxoroda 76,3 yoş, Jizzaxda 76 yoş, Navoiyda 75,8 yoş, Toşkent viloyatida 75,1 yoş, Samarqandda 74,8 yoş, Namangan va Xorazmda 74,6 yoş, Qaşqadaryoda 74,4 yoş, Surxondaryoda esa 74 yoşni taşkil etmoqda.
Bundan taşqari, Andijon aholisining uzoq umr köriş davomiyligi 73,7 yoşga teng.









