“Tolibon” hukmronligidagi Afğonistonga ilk bor sayyohlar bordi

“Tolibon” hukmronligidagi Afğonistonga ilk bor sayyohlar bordi

Afğonistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan söng mamlakatga birinçi çet ellik sayyohlar taşrif buyurdi. Bu haqda mahalliy “Bakhtar” agentligi xabar bergan. 

“Islom amirligi ğalabasidan söng mamlakatga birinçi xorijiy sayyohlar yetib keldi”, deyilgan agentlik xabarida. 

Ğör provintsiyasi Madaniyat va axborot boşqarmasi maʼlumotlariga köra, ikki kişi mahalliy tarixiy joylarga, xususan, XII asrda qurilgan Jama minorasiga taşrif buyurgan. Agentlik sayyohlar qayerdan kelganini oçiqlamagan. 

Maʼlumot uçun, avgust oyi boşida “Tolibon” Afğoniston hukumat kuçlariga qarşi hujumlarini kuçaytirib, 15 avgustda Qobulga kirdi va ertasi kuni uruş tugaganini eʼlon qildi. Avgust oyining sönggi ikki haftasida AQŞ harbiylari himoyasida bölgan Qobul aeroportidan Ğarb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afğonlar ommaviy evakuatsiya qilindi. 

31 avgustga ötar keçasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etdi. Şu bilan AQŞning Afğonistondagi 20 yillik missiyasi yakunlandi. Sentyabr oyi boşida Afğoniston muvaqqat hukumati tarkibi eʼlon qilindi, unga birinçi “Tolibon” hukmronligi davrida taşqi işlar vaziri bölib işlagan va 2001 yildan beri BMT sanktsiyalari ostida bölgan Muhammad Hasan Oxund boş böldi.

×