“Tolibon” Afğoniston poytaxti Qobulni qölga kiritganidan beri, köplab afğonlar har kuni işsiz qoliş xavfiga duç kelmoqda, şuningdek oziq-ovqat narxi ösmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar bergan.
Taʼkidlanişiça, odamlar doimiy ravişda özlarini oziq-ovqat bilan taʼminlaş va turar-joy ijarasiga tölov haqida qayğurişiga töğri kelmoqda.
“Men özimni yöqotib qöydim, öz xavfsizligim va omon qolişim, bolalarim va oilamni qanday boqiş haqida boşim qotgan”, deydi maoşidan mahrum bölgan Qobuldagi sobiq politsiya xodimi.
Sobiq politsiya xodimining sözlariga köra, “Tolibon” Qobulni egallaşidan oldin u 260 dollar maoş olgan. U butun oilasi — özi, rafiqasi va tört farzandini şu pulga boqar edi.
“Men ijaraga olingan kvartirada yaşayman va sönggi uç oy davomida uy egasiga pul tölamaganman”, deya qöşimça qilgan sobiq politsiya xodimi.
Qayd etilişiça, qurğoqçilik mavsumidan söng, qişloq aholisiga ommaviy oçlik tahdid solgan hamda ular çodirlarda va vaqtinçalik boşpanalarda hayotlarini saqlab qoliş uçun şaharlarga ketişga majbur bölgan.
Xalqaro gumanitar agentliklarning aytişiça, Afğonistonga tijorat reyslarining töxtatilişi dori-darmon va boşqa yordamlarni yetkazib berişni imkonsiz qilgan.
Jangarilarning provintsiya şaharlari böylab tez yurişi mahalliy afğon valyutasining qadrsizlanişiga va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining ösişiga olib kelgan. Un, yoğ va guruç bir neça kun içida 10-20 foizga qimmatlaşgan. Western Union ofislarining yopilişi tufayli çet eldan pul ötkazmalari töxtatilgan.
Fitch Solutions kompaniyasining Osiyodagi mamlakatlar xavfi böyiça rahbari Anvita Basuning fikriça, yaqin kelajakda mamlakatda jiddiy inqiroz yuz beradi.
“Şu kabi şaroitda bölgan Myanma va Suriya mamlakatlari yalpi içki mahsulotining taxminan 10-20 foizga pasayişiga duç keldi. Bunday stsenariyni Afğoniston uçun ham istisno qilib bölmaydi”, degan u.
Basuning aytişiça, şu oyning özida yetti foizdan ziyod arzonlaşgan afğon valyutasi yana tuşişi mumkin. Sababi, AQŞ “Tolibon”ga taqiq qöyiş maqsadida davlatning aksariyat taşqi aktivlarini muzlatib qöygan. Ekspertning fikriça, hozir Afğoniston iqtisodiyoti giperinflyatsiya xavfiga duç kelmoqda.
Bundan taşqari, önlab yillar davom etgan uruş soğliqni saqlaş tizimiga ham putur yetkazgan. Basuning aytişiça, afğonlarning koronavirusga qarşi vaktsina oliş imkoniyati hamişa kam bölgan, ammo hozir vaziyat yanada “ayançli” tus olgan.
Avvalroq, mamlakatda tinç fuqarolar va Afğoniston milliy xavfsizlik kuçlarining sobiq xodimlarini sudsiz qatl qiliş, ayollarning huquqlarini çeklaş, şu jumladan, erkin harakatlaniş va qizlarning maktabda öqiş huquqi “Tolibon” jangarilari tomonidan qöpol ravişda buzilayotgani töğrisida xabar bergandik.
20 yil deganda Afğonistonni tark etayotgan AQŞ
2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorçilik harakati) amalga oşirildi. Şundan söng, AQŞ va u aʼzo bölgan NATO kuçlari Afğonistonga qöşin kiritdi. Şu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afğon uruşi boşlandi. Kiçik Jorj Buş, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQŞ Prezidentlari uşbu uruşni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afğonistondan mamlakat qöşinlarini olib çiqib ketiş boşlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi.
Afğonistondagi davlat töntarişi
Afğonistonni bir yirik kuç tark etişi ortidan boşqa bir kuç — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boşladi. Qayd etiş kerakki, AQŞ qöşinlarining Afğonistonni tark etişi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afğoniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi.









