Toşkent havosi eng iflos şahar böldi. Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi

Toşkent havosi eng iflos şahar böldi. Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi

17 oktyabrda Özbekistonning barça hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi haqida xabar bergan edik.

Gidrometeorologiya xizmati markazining maʼlum qilişiça, uzoq vaqt davomida yoğingarçilikning bölmagani va havo haroratining inversiyasi oqibatida 17 oktyabr kuni 18:00 dan 23:00 gaça Toşkent şahri atmosfera havosi mayda çang zarraçalari bilan ifloslanişi kuçayişi kutilmoqda.

IQAir maʼlumotlariga köra, bugun, 17 oktyabr soat 16:48 holatiga Toşkent dunyoning havosi eng iflos şahari bölgan.

Şu munosabati bilan Toşkent şahri aholisi va mehmonlariga Özgidromet tomonidan quyidagi tavsiyalar berildi:

• Imkoni boriça, uydan çiqmaslikka harakat qiliş kerak;

• Köçada bölganda, albatta tibbiy niqob taqiş va uni har bir soatda almaştiriş lozim;

• Nafas qaytişi, burun bitişi, aksa uriş, tumov, közlar qizarişi va qiçişişi, tomoqda qattiq qiçişiş, yötal paydo bölganda zudlik bilan allergolog şifokorga murojaat qiliş lozim;

• Şuningdek, tuzli eritmada burun va tomoqni çayiş, oynalarni yopiq holatda saqlaş, oynalarning oldida höl soçiqlarni yoyib qöyiş tavsiya etiladi.

Maʼlumotlarga köra, hozirda Toşkent dunyoda havosi eng ifloslangan şaharlar röyxatida birinçi örinni egallab turibdi.


×