Keça, 4 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga 4082 ta çaqiriq bölgan. Şundan 678 tasi bevosita nafas siqişi bilan boğliq murojaatlardir. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent şahar tez tibbiy yordam stantsiyasi boş şifokori Doniyor Böribayevga köra, uşbu bemorlarga “tez yordam” brigadalari tomonidan birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, maʼlum qismi gospitalizatsiya qilingan.
Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova bunday vaziyatda imkon qadar oçiq havoda yurmaslik zarurligini taʼkidlagan.
“Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qiçişişi bilan kuzatiladigan yötal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boşqa nafas yöli surunkali kasalliklari bor insonlar taşqariga çiqmasliklari kerak.
Çunki bunday havo tarkibida çanglar bilan birga, ösimlik çangçalari, zamburuğ sporalari juda katta kontsentratsiyada böladi. Şu bois xastaliklari bor kişilar şifokor maslahati bilan allergiyaga qarşi dori vositalari dozalarini oşirişlari lozim”, degan Razikova.
Mutaxassisga köra,nim taʼsir qiluvçi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni çayiş, xonalarni yopiq saqlaş, xöl soçiqlarni xonalarga osiş, kattaroq siğimli idişlarga suv solib qöyiş zarur.
Oçiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yuriş va ularni har ikki soatda almaştiriş şart. Yoş bolalar, homilador ayollar va yoşi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bölişlari tavsiya etiladi.
Şuningdek, agar fuqarolarda taşqi muhitdagi çanglar tufayli nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, közlarda qiçişiş va qizariş, tomoqda kuçli qiçişiş, kiçişiş bilan kuzatiladigan yötal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog şifokorga murojaat qilişlari eslatilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 4 noyabr kuni Özbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toşkent şahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuçli şamol esib, qumli böronlar hosil böldi. Köriş darajasi 500-1000 metrgaça pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami kötarilib, atmosfera havosidagi çang miqdori belgilangan meʼyordan 5 barobar oşdi.
Şamol avj olgan mahalda AQŞning Toşkentdagi elçixonasiga örnatilgan havoning ifloslanişini aniqlaş moslamasi poytaxt havosini “öta nosoğlom”, deb baholadi.









