Bir yilda 879,5 ming nafar kişi bandlik markazlariga iş sörab murojaat qildi

Bir yilda 879,5 ming nafar kişi bandlik markazlariga iş sörab murojaat qildi

Özbekistonda 2022 yilning 1 yanvar holatida işsizlik darajasi 9,6 foizni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bölsa, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortdi.

2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (şahar) Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro iş topişga yordam sörab murojaat qilgan.

2021 yilning dekabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari tomonidan respublikamizning 108 ta şahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy sörov ötkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta özini-özi boşqariş organlari, 5,0 mingta uy xöjaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.

2022 yilning 1 yanvar holatida mehnat resurslari soni 19 345,0 ming kişini taşkil etib, 2020 yilning şu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 202,6 ming kişiga oşgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bölganlar soni 13 538,9 ming kişini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kişiga) oşgan.

2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 196,3 ming kişini taşkil qilib, 2020 yilning şu davriga nisbatan yuridik şaxslarda band bölganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kişiga oşgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band bölganlar soni 5 885,5 ming kişini taşkil etib, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kişiga kamaygan. Ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra işga muhtoj bölganlarning umumiy soni 1 441,8 ming kişini, işsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni taşkil etdi. 16-30 yoşgaça bölganlar orasida işsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida işsizlik darajasi esa - 13,3 foiz böldi.

2022 yilning 1 yanvar holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 364,2 ming kişini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kişiga ortişi kuzatildi.

×