Namanganda honadonlarning birida yonğin çiqdi

Namanganda honadonlarning birida yonğin çiqdi

Joriy yilning 3 noyabr kuni soat 07-10 da Namangan şahar Favqulodda vaziyatlar bölimini 101 qisqa raqamiga Namangan şahar Böston mahalla fuqarolar yiğini Şoximardon köçasi 8-berk 28-uyda yonğin sodir bölayotganligi töğrisida maʼlumot kelib tuşdi. Bu haqida Namangan FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zudlik bilan voqea joyiga Namangan şahar Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruv qismi şaxsiy tarkibi etib bordi.

Yonğin natijasida yaşaş uyini şift va tom qismidan 90 kv.metr joyi hamda şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yonib zararlangan. Sodir bölgan yonğinni yonğin-qutqaruvçilar tomonidan soat 07-59da öçirildi.

Tezkor harakat natijasida Namangan şahar Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruvçilari tomonidan 250 kv.metr joyi saqlab qolindi.

Sodir bölgan yonğin natijasida insonlarni kuyiş tan jarohati oliş hamda halok böliş holatlariga yöl qöyilmagan.

Hozirda sodir bölgan yonğin yuzasidan tergovga qadar suruştiruv işlari olib borilmoqda.

×