Namanganda bir-biriga qöşni ikki uyda yonğin çiqdi

Namanganda bir-biriga qöşni ikki uyda yonğin çiqdi

Namangan viloyati Töraqörğon tumanida bir-biriga qöşni ikki uyda çiqqan yonğin bartaraf etildi, deb xabar beradi viloyat FVB matbuot xizmati.

Maʼlum qilinişiça, 29 noyabr kuni soat 03:30 larda tumanning Favqulodda vaziyatlar bölimiga «Şaxidon» MFYdagi 48-uyda yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Unga asosan soat 03:37 da Töraqörğon tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin qutqaruvçilari voqea joyga yetib borgan va soat 03:40 da yonğin joyi örab olingan.

Yonğin oqibatida yaşaş uyining şift va tom qismidan 200 kvadrat metr joy, uy-rözğor buyumlari, uy egasiga tegişli hujjatlar hamda qöşni xöjalik uyining tom qismidan 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.

Tezkor harakat natijasida yonğin-qutqaruvçilari tomonidan 300 kvadrat metr joy saqlab qolingan.

×